SHHT kuzatuvchilar missiyasi o‘z faoliyatini boshladi

shht

 

SHHT bosh kotibi Rashid Alimov O‘zbekistondagi saylovni kuzatish bo‘yicha missiyaga rahbarlik qiladi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha SHHT missiyasi rahbari sifatida 29-noyabrdan 5-dekabrgacha O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda SHHT saytida xabar qilindi.

Missiya tarkibidan SHHTga a’zo davlatlar qonunchilik, ijro va saylov organlari vakillari, shuningdek, tashkilot kotibiyatining mansabdor shaxslari (jami — 20 kishi) o‘rin olgan. Missiya O‘zbekistonning barcha saylov okruglarida imkon qadar ko‘proq saylov uchastkalariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Missiya O‘zbekistonda saylov jarayonini nazorat qiluvchi normativ-huquqiy aktlarni o‘rganib, saylov jarayonini adolatlilik va mustaqillik nuqtai nazaridan yoritish hamda saylovchilar uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish vositasi sifatida OAV monitoringini olib boradi.

Manba:          www.gazeta.uz